Navoiyda 50 million so‘mga 10 gektar yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Xatirchi tumanida 10 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.Sh. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Xatirchi tumani Uchqora mahallasi hududida o‘ziga tegishli fermer xo‘jaligi borligini aytgan hamda ushbu xo‘jalikning 10 gektar yer maydonini 50 million so‘mga sotishga kelishgan. U kelishilgan pulning 25 million so‘mini tanishi orqali olgan vaqtida departament va DXXning viloyat boshqarmalari hamda viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiyda hokimlik zaxirasidagi yerni 75 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
12:32
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024