Qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning 24,9 foizida nogiron farzandlar bor - Mahalla vazirligi
Qarindoshlar o‘rtasida nikoh aksariyat hollarda bobo-buvi yoki ota-onalarning tashabbusi bilan bo‘ladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda 2021 yil may-iyun oylarida qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari va uning sabablarini o‘rganish maqsadida respublikaning 200 ta tumanida 6 974 ta fuqarolar yig‘ini raislari o‘rtasida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
Sotsiologik so‘rovnomada qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohlardagi oilalarning hayoti qanday kechayotganini aniqlashga qaratilgan savollarga respondentlarning 25,2 foizida ziddiyat va nizolar uchrab turganini, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foiz qarindoshlik asosida qurilgan oilalarda muammolar mavjudligi va doimiy quda-andachilikdagi kelishmovchiliklar bo‘layotgani bildirilgan.
Qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohning 58,1 foizi bobo-buvilar, 56,4 foizi ota-onalar, 14,3 foizi tog‘a-xola va amaki-ammalar, 13,2 foizi opa-singillar, 1,2 foizi aka-ukalar va 8,3 foizi boshqa shaxslar tashabbusi bilan tuzilishi respondentlar tomonidan aniqlangan.
Mavzuga oid
17:16 / 05.09.2024
“Bitta farzand” siyosatidan so‘ng: xitoylik ayollar haligacha bolali bo‘lishni xohlamayapti
18:00 / 02.09.2024
Xorijda uylanib olgan er, tanglikda qoldirilgan ona va kaltaklanayotgan bola – asl aybdor kim?
17:48 / 12.08.2024
Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr... Xarobadagi Jannat
07:36 / 25.07.2024