Jamiyat | 20:50 / 24.12.2021
13931
4 daqiqa o‘qiladi

“Ishlamagan tishlaydi” – deydi PCG kompaniyasining asoschisi, biznesni boshqarish bo‘yicha ekspert Ibrohim Gulyamov

McDonald’s’ning 38 000 restorani bor, Richard Brenson 400 dan ortiq kompaniyani boshqaradi, milliarder Uorren Baffett 80 foiz vaqtini ilm olishga va yangi g‘oyalar ustida ishlashga sarflaydi. Agar siz ham shunday muvaffaqiyatlarga erishmoqchi bo‘lsangiz, albatta, ushbu ko‘rsatuvni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

“Transformatsiya” ko‘rsatuvining navbatdagi soni asosan kompaniya va firmalar rahbarlariga boshqaruvdagi eng muhim nuqtalarni eslatib o‘tadi.

Biznes-trener Ibrohim Gulyamovdan omadli biznesga asos solish haqida ko‘rsatmalar

Omadli biznesga ega bo‘lish oson emas. O‘zbekistonda ham bunga erisha olgan va bu boradagi bilimlarini boshqalar bilan bo‘lisha oladigan biznesmenlar sanoqli darajada. “Transformatsiya” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ko‘p sonli mushtariylarning talablariga binoan "Perfect Consulting Group” kompaniyasi rahbari, biznes-konsultant, amaliyotchi, marketolog, reklama va savdo bo‘yicha mutaxassis Ibrohim Gulyamov bilan tashkil etildi. Suhbatda  ishchi kuchi qabul qilishda, biznesning yurishib ketishida tashkil qilinadigan tizim haqida bildirilgan fikrlar barcha tadbirkor hamda bu faoliyatni boshlash niyatida bo‘lganlar uchun qimmatli maslahatlar berildi.

“Biznesda tanish-bilishchilik biznes rivojiga salbiy ta’sir qiladi”

Tadbirkorning fikricha, xususiy biznesda tanish-bilish, qarindoshchilik yo muvaffaqiyat, yo eng katta muvaffaqiyatsizlik bo‘lishi mumkin: “Bizda tadbirkorlar aksariyat holatlarda o‘z yaqinlarini, qarindoshlarini ishga olishadi. Lekin uning yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligi boshqalarga ham yomon o‘rnak bo‘lib, ish susayishiga olib keladi. Uni ishdan haydash o‘zaro insoniylik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi, haydamaslik esa korxona obro‘yi va ishga salbiy ta’sir qiladi”.

Tadbirkorlar xodimlarni ishga qabul qilishda yo‘l qo‘yadigan xatolar ustida ham to‘xtalib o‘tdi. Xodimlarni noto‘g‘ri tanlash va ularni o‘z joyiga qo‘ymaslik tadbirkorni nafaqat biznesdagi muvaffaqiyatlardan, balki shaxsiy hayotidagi erkinlikdan ham ayirishi mumkin.

“Hammasini o‘zi bajarishni istagan tadbirkorning biznesi “buksovat” qiladi ”

 “Biznes egalari tomonidan biznesning yurishmasligiga, bir joyda “depsinib” qolishiga sabab bo‘luvchi omillar - ular hamma jarayonda ishtirokchi bo‘lishlaridir. Tadbirkordagi qo‘rquv hamma ishni o‘zi bajarish yoki ishtirok etish uchun urinishga sabab bo‘ladi. Biznes egasining har bir o‘rinda aralashuvi esa biznesning yurishiga xalaqit beradi. Rahbar boshqaruvchi bo‘lishi va jarayonda uning ishtiroki minimal bo‘lishi lozim”.

Shuningdek:

  • Korxonalarda yangi va yaxshi xodimlar orasida ham shakllanayotgan “o‘g‘irlik qilish madaniyati”;
  • Mashhur jumlaning yangi talqini: “Ishlamagan tishlaydi”;
  • Korporativ madaniyatni shakllantirish;
  • Biznesda tizimli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish;
  • “O‘lchadingmi - kes, kesmoqchimisan – o‘lcha” tamoyili asosida ish yuritish bobida tegishli tavsiyalarga ega bo‘lish imkoniyati.

Ko‘p marta o‘lchab kesishga “dux”i yetmayotganlar bu suhbatdan keyin qat’iy to‘xtamga kelishlari aniq. Biznes-konsultant Ibrohim Gulyamov bilan suhbatda tadbirkorlikning barcha zaruriy jihatlari haqida bilib olish mumkin.

Ko‘rsatuv bosh homiysi: "Chaqmoq Plast" savdo belgisi. Tel: +998 94 257 33 77

Homiy: "Yangi Hasanboy" turar joy majmuasi: instagram.com/yangi_hasanboy

Ko‘rsatuv muallifi va boshlovchi – Abbos Rizqiyev.
Tasvirchi – Mirvohid Mirrahimov.

Mavzuga oid