Jahon | 22:08 / 25.12.2021
9053
1 daqiqa o‘qiladi
Shvarsenegger Los-Anjyelesdagi boshpanasizlarga 25ta uy sovg‘a qildi
Arnold Shvarsenegger uylar qurilishiga 250 ming dollar sarflagan.
Amerikalik aktyor, Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger Los-Anjyelesdagi 25 nafar boshpanasiz veteranga uy qurib berdi.
"Bugun rojdestvoni avvalroq nishonladim. Qahramonlarimiz bilan vaqt o‘tkazish va ularni yangi uylari bilan qutlash ajoyib bo‘ldi", - deb yozdi 74 yoshli aktyor Instagram sahifasida.
FOX News telekanalining qayd etishicha, Shvarsenegger uylar qurilishiga 250 ming dollar sarflagan.
AQSh uy-joy qurilish va shaharsozlik departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 37 ming nafardan ortiq boshpanasiz veteranlar yashaydi.