O‘zbekiston | 11:25 / 27.12.2021
14331
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyalaridan biri O‘zbekistondan ishchi kuchi yollashni rejalashtirmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari 300 nafarga yaqin o‘zbekistonlik fuqaro mehnat faoliyatini olib borayotgan "Hyundai Samho Heavy Industries" yirik kemasozlik kompleksi mas’ullari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kelgusi yilda ushbu kompleksda ish hajmi ko‘payib, mehnat migrantlariga talab ortishi ta’kidlandi

Koreya Respublikasidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ayni damda O‘zbekistondan mehnat migrantlari ushbu davlatga kirib borayotgani va O‘zbekistondan ishchi kuchini yollashda amaldagi tartib bo‘yicha koreys tomoniga ma’lumot berildi.

"Hyundai Samho Heavy Industries" vakillari tomonidan kelgusi yilda O‘zbekistondan ishchi kuchi yollash rejalashtirilgani ta’kidlandi va mazkur jarayon yuzasidan yaqindan hamkorlikda ish olib borishga kelishildi.

Ma’lumot uchun, Hyundai Samho Heavy Industries Co., Ltd. dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi va yiliga 40 taga yaqin kema ishlab chiqaradi. U Janubiy Koreyaning Yongam uyezdidagi Samxo-up tumanida joylashgan.

Mavzuga oid