17 yoshli Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov Polsha poytaxti Varshavada shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida 10-turdan keyin birinchi o‘ringa chiqib oldi.
17 yoshli shaxmatchi 10-partiyada amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda o‘ynab, g‘alaba qozondi.
Nodirbek avvalgi turlarda Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytashek, Boris Gelfandni mag‘lub etgan, Yan Nepomnyashiy va Aleksandr Grishuk bilan durang o‘ynagan edi.
26 dekabrda boshlangan rapid yo‘nalishidagi chempionatga bugun, 28 dekabr kuni yana 3ta tur o‘yinlaridan so‘ng yakun yasaladi. Nodirbek 11-turda qora donalarda rossiyalik grossmeyster Vladimir Fedoseyev bilan kuch sinashadi.
Ochiq jahon chempionatining umumiy sovrin jamg‘armasi – 700 ming dollar. Har ikkala yo‘nalishdagi chempionlarga 60 ming dollardan beriladi. Blits yo‘nalishidagi bahslar 29–30 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
- Musobaqa shveysarcha tizimda o‘tkazilmoqda. Rapid yo‘nalishida bahslar 15 daqiqagacha davom etadi, har bir yurish uchun 10 soniyadan vaqt beriladi. Musobaqa jami 13 tur davom etadi.
- Blits yo‘nalishida partiya 3 daqiqacha davom etadi, har bir yurish uchun 2 soniyadan vaqt beriladi.
Ma’lumot uchun, 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov 2017 yilda, 13 yoshida grossmeyster bo‘lgan (13 yosh-u 1 oy). Bungacha faqat bir shaxmatchi, Sergey Karyakin bundan kichikroq yoshda (12 yosh-u 7 oy) grossmeyster unvonini olgandi.
Karlsen – uch yo‘nalishda jahon chempioni hisoblanadi: 2013 yildan klassik shaxmat bo‘yicha; 2014-2016, 2019 yillarda rapid bo‘yicha jahon chempioni, 2014-2015, 2017-2019 yillarda blits bo‘yicha jahon chempioni.
Mavzuga oid
20:43 / 22.09.2024
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qo‘lga kiritdi
09:30 / 12.05.2024
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni yana mag‘lub etdi
07:22 / 04.05.2024
Saida Mirziyoyeva Nodirbek Abdusattorovni TePe Sigeman turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi
21:53 / 03.05.2024