Transport vositasining davlat raqamiga niqob taqqan haydovchi, ikki avtomobil orasiga suqilgan mashina va boshqalar – Kun.uz obektivida
Kun.uz muxbiri Tolib Rahmatov avtomashinasini kamera bilan jihozlagan holda Toshkentdan Samarqandga harakatlanib, yo‘llarda o‘zi duch kelgan ayrim holatlarni qayd etib bordi.
Ko‘rsatuvda 2-3 km manzilga tezroq borish ilinjida avtomobilining “tumshug‘ini tiqqan”, uzoq yo‘lga ketayotgani bois yo‘llardagi radarlarning “ko‘zini shamg‘alat” qilish niyatida davlat raqamiga niqob taqqan va boshqa haydovchilarning xurmacha qiliqlari aks etgan.
Ko‘rsatuvdan maqsad – kimnidir fosh qilish emas, aksincha yo‘l harakatining asosiy ishtirokchilari bo‘lmish haydovchilarga oyna tutishdir.
Kun.uz yo‘llardagi harakat xavfsizligiga oid turkum materiallar tayyorlashda davom etadi. Albatta, anonimlik, qolaversa, qoidabuzar haydovchilar boshqaruvidagi transport vositalari davlat raqamlari oshkor qilinmaydi.
Mavzuga oid
15:26 / 20.09.2024
Skuter va yuk mashinalariga doir taqiqlar, “radarlar” hamda YHXXning bekor bo‘layotgan vakolati – Senat yangi o‘zgarishlarni ma’qulladi
10:23 / 14.09.2024
Chortoqda 14 yoshli bolaning umriga zomin bo‘lgan Malibu haydovchisi 4 yilga qamaldi
20:45 / 10.09.2024
Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini 363 marta buzgan Spark xatlovga olindi
15:13 / 09.09.2024