O‘zbekiston | 17:29 / 31.12.2021
28302
3 daqiqa o‘qiladi

Gaz ballon ko‘targan ayol, futbol o‘ynayotgan ko‘zi ojizlar va «Damasiston». Vodiyda olingan yil suratlari

Jurnalist doim harakatda. Yil davomida yangilik, biror voqea, murojaat ortidan turli joylarda bo‘ldik. Yo‘lda ko‘zimizga ko‘ringan noodatiy holatlarni esa tarixga muhrlashga harakat qilamiz. Yil oxirida vodiydan olgan suratlarni ko‘zdan kechirib, saralaridan fotojamlanma tayyorlab, sizga ilindik. E’tiboringizga Andijon, Namangan va Farg‘onada yil davomida tasvirga olingan fotosuratlarni havola etamiz.

«Bobur arena» stadioni. «Andijon» – «Surxon» bahsidagi mezbonlar urgan goldan so‘ng yosh muxlislar xursandchiligi.
Namangan. Nanay qishlog‘i ayollari suv tashigani ketishmoqda.
Shirmonbuloqda birinchi qo‘ng‘iroq.
Oltinko‘l. Ko‘makay qishlog‘idagi gulchilar oilasi.
Namangan. Snosga tushgan uyining peshtoqiga prezident suratini ilgan fuqaro.
Andijondagi «Damasiston». Markaziy dehqon bozor atrofi.
 Baliqchi. Ayollar velosiped minib to‘yga ketmoqda.
Oilali ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, tuhmatga qolgan besh erkak.
 10 nafar bola asrab olgan Umarovlar oilasi.
Uch yil oldin tanasidan 13ta igna topilgan bola.
 Uychi yo‘lida velosiped mingan oqsoqollar.
Quvada kuz.
Baliqchilik. Akmaljon Mirzayevning 10 kilolik xonbaliqlari.
Asaka. Maxsus maktabning ko‘zi ojiz tarbiyalanuvchilari futbol o‘ynamoqda.
Oltinko‘l. Oqtepa qishlog‘ida g‘o‘zapoya to‘playotgan oila.
Andijon. Vatan himoyachilari kuni bayramida.
Jalaquduq. Ayollar zovurdan suv tashimoqda.
Ulug‘nor tumanidagi Farg‘ona vodiysi geografik markaziga qo‘yilgan monument.
Andijon viloyati IIB inspektori Barnoxon Mirzayeva o‘q otish mashqida.
Pop. 56-maktab o‘quvchisi joy torligidan doska tagida o‘tiribdi.
Oltinko‘l bog‘ida tipratikanlar.
 So‘x yo‘lining ochilishi.
Adirlar ichida Yangi Andijon shahri qurilishi boshlandi.
Andijon. Shahrixondagi 56-maktabda informatika darsi.
Marhamat tumanidagi ertaklardagidek qurilgan kutubxona.
Bo‘ston tumanidagi chorvachilik fermasida.
Xonobodlik 10 nafar tengdoshini ish bilan ta’minlagan hunarmand qiz.
Andijon shahri. Gaz ballon ko‘targan ayollar.

Suratlar muallifi: Elmurod Ermatov 

Mavzuga oid