Jamiyat | 16:38 / 03.01.2022
8531
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda yuk mashinasi yonib ketdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Vobkent tumanida “Hyundai-Porter” yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat bugun, 3 yanvar kuni soat 14:20 larda Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 241-kilometrida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi “Hyundai-Porter” yuk mashinasining salon qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi mashinani zudlik bilan to‘xtatgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Transport vositasiga zarar yetgan.

Hodisa yuzasidan Vobkent tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid