O‘zbekiston | 09:35 / 03.01.2022
2423
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda fuqaroning 20 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Kun.uz

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida fuqaroning 20 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 5 noyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumani Oqtepa mahallasida yashovchi, A.Aziza tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida tanishi Termiz tumanida yashovchi, korxona rahbari B.Mahmud A.Azizaga issiqxona qurish uchun Mikrokredit bank Jarqo‘rg‘on filialidan 20 million so‘m kredit chiqarib, o‘zining korxonasi hisobraqamiga o‘tkazib shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 15 dekabr kuni B.Mahmudga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid