Qirg‘izistonda Rossiyaning beshta telekanali efiri to‘xtatib qo‘yildi
Bu kanallarda davlat tili hamda mahalliy kontent to‘g‘risidagi me’yorlarga amal qilinmaganligi aniqlangan.
Qirg‘izistonda «8 kanal», «RTV Media», «NTV KeyDji», «ReN TV» va «Domashniy» telekanallari efiri to‘xtatildi. Bu haqda mamlakat madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, vazirlik mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan telekanallar ustidan lisenzion nazorat tekshiruvi o‘tkazgan va yuqoridagi kanallarda davlat tili hamda mahalliy kontent to‘g‘risidagi me’yorlarga amal qilinmaganligini aniqlagan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, 2022 yilda Qirg‘iziston hududida faoliyat olib borayotgan barcha teleradiokanallar tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, telekanallar efir vaqtining kamida 50 foizini davlat tilidagi kontent va yana shuncha qismini mahalliy dasturlar tashkil etishi lozim.
Bu talab faqat ikkita – Rossiyaning «Birinchi kanal»i («ORT») va «RTR-Planeta» kanallariga tegishli emas. Shu bilan birga, 2023 yilgacha bu telekanallar efiri uchun Bishkekning o‘zi pul to‘laydi.
Mavzuga oid
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20:33 / 14.09.2024
Vodiydagi tantana, Boysundagi mavhumlik va AES bo‘yicha yakuniy bitim - hafta dayjesti
19:03 / 14.09.2024