Qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Qo‘qon shahrida qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro X.M. va A.I. fuqaro J.ga qalbaki 4 700 AQSh dollarini 2 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Qo‘qon shahrida qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
21:33 / 29.10.2024
Oltinga qiziqishning oshayotgani dollar dominantligiga soya soladi - FT
19:36 / 24.10.2024
Qozondagi sammitda BRIKSning ramziy kupyurasi ko‘rsatildi. U ramziyligicha qoladimi?
11:30 / 17.10.2024
Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20:35 / 14.10.2024