Iqtisodiyot | 18:31 / 06.01.2022
25799
1 daqiqa o‘qiladi

NKMK uchta korxonaga bo‘lindi

Foto: Navoiy kon-metallurgiya kombinati

2022 yil 1 yanvardan boshlab NKMK negizida 3ta yangi korxona tashkil etildi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar bermoqda.

NKMK negizida tashkil etilgan korxonalar:

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ;
  • “Navoiyuran” davlat korxonasi;
  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi.

NKMKni transformatsiya qilish 2020 yil 6 martdagi prezident qarorida belgilagan edi. Shu asosda korxonani yuqoridagi tarzda uchga bo‘lish haqida 2021 yil mart oyida hukumat qarori qabul qilindi.

Sentbr oyida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov NKMKning 10–15 foiz ulushini IPO orqali sotish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid