Nurafshondagi bankomatdan 20 mln so‘mga yaqin pulni o‘g‘irlagan besh nafar shaxs ushlandi
Besh nafar shaxs tungi 02:30 larda yuziga niqob va qo‘liga qo‘lqop kiygan holda temir moslama bilan qurollanib, kodli seyfni buzishgan.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining xabar berishicha, voqea 2021 yilning 11 dekabr kuni tungi soat 02:30 larda Nurafshon shahar markazida o‘rnatilgan “Poytaxt bank” AJga qarashli bankomatlarning biriga hujum qilib, kodli seyfni buzish orqali bankomat ichidan jami 19 mln 433 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, voqea joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida ushbu jinoyatni – O‘rta Chirchiq va Bektemir tumani hamda Nurafshon shahrida yashovchi 22-24 yosh orasidagi 5 nafar shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ular O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Surishtiruv davomida ushbu shaxslar 13 dekabr kuni ham shahar markazidagi oziq-ovqat do‘koni oldiga o‘rnatilgan “Paynet” to‘lov terminalini buzib, ichida bo‘lgan pulni olmoqchi bo‘lganligi, biroq ularning bu harakati natija bermagani aniqlangan.
Jinoyatni sodir etgan shaxslar tomonidan foydalanilgan buyum va daliliy ashyolar belgilangan tartibda olinib, Nurafshon shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan ushlangan shaxslarga nisbatan JKning 25-, 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:41 / 02.11.2024