Turkiy davlatlar tashkiloti Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi
Turkiy davlatlar tashkiloti Qozog‘istonda sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bu haqda xalqaro tashkilot rasmiylari Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Bayonotda tashkilotga a’zo davlat – Qozog‘istonda bo‘layotgan so‘nggi voqealar fonida tinchlik va barqarorlikning muhimligi hamda zaruriy yordam ko‘rsatishga tayyorligi qayd etilgan.
“Birodar qozoq xalqining donoligi va normal hayot tarziga qaytish istagiga ishonch bildirib;
Qozog‘iston hukumatining taranglikni yumshatib, tartib va osoyishtalikni tiklashga qodirligiga ishonib;
Zarur hollarda Qozog‘iston xalqi va hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib;
Hodisa vaqtida jarohatlanganlar tezroq tuzalib ketishini tilab, halok bo‘lganlar uchun hamdardlik bildiramiz”, – deyiladi Turkiy davlatlar tashkilotining rasmiy bayonotida.
Ayni paytda Qozog‘iston shaharlarida notinchliklar davom etmoqda. Avvaliga narxlar oshishiga qarshi boshlangan tinch namoyishlar so‘nggi kunlarda qurolli to‘qnashuvlar, qon to‘kilishi va talonchilikka aylanib ketdi.
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevning murojaati bilan Qozog‘istonga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti qo‘shinlari kiritilmoqda.
- Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 2021 yil noyabrdagi Istanbul sammitida kengash Turkiy davlatlar tashkiloti etib qayta tashkil etildi. Ayni paytda tashkilotga 6ta davlat a’zo: Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston.
Mavzuga oid
18:39 / 15.02.2024
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
18:33 / 14.02.2024
Qozog‘istondagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
10:15 / 12.02.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
19:30 / 10.02.2024