O‘zbekiston | 19:53 / 10.01.2022
11524
1 daqiqa o‘qiladi

To‘qayev Mirziyoyev bilan telefon muloqotida Qozog‘istonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi.

10 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning joriy masalalari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezident To‘qayev Qozog‘iston Respublikasidagi joriy holat hamda mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston yetakchisi halok bo‘lganlarning oilalariga yana bir bor hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezda shifo topishlarini tiladi.

Tomonlar birodar Qozog‘iston zaminida tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdilar.

Mavzuga oid