O‘zbekiston | 13:20 / 12.01.2022
23121
3 daqiqa o‘qiladi

316 gektarlik harbiy obekt: “Chimyon” tog‘ tayyorgarligi markazidan fotoreportaj

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan, Mudofaa vazirligi Chimyondagi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazida jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Kun.uz 

Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi bo‘limi boshlig‘i, mayor Zokir Yallakayevning aytishicha, G‘arbiy Tyanshan tog‘larining Chotqol tizmasi etaklarida – dengiz sathidan 1700 metr balandlikda bunyod etilgan “Chimyon” tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashg‘ulot markazi 316 gektar maydonga ega.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

2020 yilda foydalanishga topshirilgan markaz o‘zbekistonlik harbiylarning tog‘ga moslashgan harbiy mashqlarni bajarishida va xalqaro armiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun asosiy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foto: Kun.uz 
Foto: Kun.uz 

Markazga kirishda qor qoploni haykali ostiga “Olg‘a bos – yengib bo‘lmas to‘siq yo‘q!” degan shior yozilgan.

Foto: Kun.uz 

“Bu yerda nafaqat xalqaro armiya o‘yinlari, balki harbiy xizmatchilarning muntazam ravishda tog‘li hududlardagi qiyin sharoitlarda jang olib borish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirib boriladi. Hozirda markaz yanada rivojlangan bo‘lib, o‘z kasbining ustalari – soha mutaxassislari harbiy xizmatchilarni “tarbiyalab”, O‘zbekiston armiyasi saflarini har sohada professional kadrlar bilan butlab kelmoqda”, – deydi vazirlik xodimi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Bundan tashqari, ayni kunga kelib O‘zbekistondagi boshqa kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari ham ushbu markazda mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Kun.uz muxbiri ushbu markazda harbiy sir bo‘lmagan obektlar, tayyorgarlik mashqlari jarayonlaridan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Kun.uz 
Foto: Kun.uz 
Foto: Kun.uz 
Foto: Kun.uz 
Foto: Kun.uz 
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Nazvaniye

Mavzuga oid