COVID endemik kasallikka aylanmoqda – JSST
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri koronavirusda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.
COVID borgan sari endemik xususiyat kasb etmoqda. Bu haqda JSST favqulodda kasalliklar bo‘linmasi texnik guruhi boshlig‘i Mariya Van Kerkxove ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri koronavirusda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ammo shu bilan birga uning endemik xususiyatga ega bo‘lganini yuz foiz ishonch bilan tasdiqlash kerak emas.
Bundan tashqari, koronavirus tez-tez mutatsiyaga uchramoqda, shu bois pandemiyaning qanday rivojlanishini oldindan aytish qiyin.
"Buni gripp yoki boshqa mavsumiy infeksiyalar kabi oldindan aytib bo‘lmaydi. Biz shunga kelyapmiz, ammo hozircha yetib kelmadik", - dedi Van Kerkxove.
Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi olimlari koronavirus pandemiyasi epidemiyadan endemiyaga – ma’lum bir hududga xos kasallikka aylanayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid
18:19
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024