O‘zbekiston | 16:36 / 17.01.2022
10822
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda farzandi ko‘z o‘ngida xotinini o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Foto: AP

Sirdaryo tumanida o‘zaro janjal paytida voyaga yetmagan farzandi ko‘z o‘ngida xotinini o‘ldirgan shaxs uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo tumanida yashovchi X.A. xotini X.S. bilan o‘zaro kelisha olmay, alohida yashay boshlagan. Shu orada u xotinini o‘ldirish uchun yonida oshxona pichog‘ini olib, tunda xotini vaqtincha yashab turgan uyga borgan.

 Devordan oshib o‘tib, xotini X.S.ni uyg‘otib, eshik oldiga olib chiqqan va u bilan yana janjallashgan. Shu payt ularning 3 yoshli qizi shovqindan uyg‘onib ketib, ularning oldiga chiqqan. Shundan so‘ng X.A. o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘i bilan xotiniga bir necha bor zarba bergan va voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan ayol vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya X.A.ni Jinoyat kodeksining 97-modda, 2- qismi «j» bandida belgilangan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan. Unga 17 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.

Mavzuga oid