«Kelgusida 200 ming so‘mlik kupyurani muomalaga chiqarish ham rejalashtirilgan» - Markaziy bank raisi
Markaziy bank tomonidan 200 ming so‘mlik kupyurani muomalaga chiqarish ham rejalashtirilgan. Bu 2024 yilda amalga oshirilishi mumkin.
Kelgusida 200 ming so‘mlik kupyurani muomalaga chiqarish ham rejalashtirilgan va bu 2024 yilda amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank Boshqaruvining 2022 yil 20 yanvarda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
"Biz muomaladagi naqd pulni optimallashtirish jarayonini amalga oshirmoqdamiz. 2017 yilda ilk bor 50 ming so‘mlik banknotani chiqarganimizda, muomaladagi naqd pul miqdori aholi jon boshiga 489 donani tashkil qilardi. Ya’ni, O‘zbekistondagi har bir kishiga qiymati turlicha: 200, 500, 1000 so‘m bo‘lgan 489 dona pul birligi to‘g‘ri kelgan. Bugungi kunga qadar bu ko‘rsatkichni ikki barobardan ko‘proqqa qisqartirdik. Hozir esa aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul birligi soni 200 donadan sal oshadi", — dedi Mamarizo Nurmuratov
Ma’lumot uchun, hozirda foydalanilayotgan 1000 so‘mlik banknotalar 2001 yilda, 5 ming so‘mlik kupyuralar 2013 yil 1 iyuldan, 10 ming so‘mlik banknotalar 2017 yil 10 martdan, 50 ming so‘mlik pul biletlari 2017 yil 22 avgustdan, 100 ming so‘mlik 2019 yil 25 fevraldan ,2 ming va 20 ming so‘mlik 2021 yilning 14 iyun kunidan boshlab muomalaga kiritilgan edi.
O‘tgan yilning 27 dekabridan esa yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilari ham muomalaga chiqarildi.
Mavzuga oid
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
23:37 / 23.10.2024