Jizzaxda tanish ayolning intim videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishini aytib pul olgan shaxslar ushlandi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tanish ayolning intim videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishini aytib pul olgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Sharof Rashidov tumanida yashovchi bir guruh fuqarolar shu tumanda yashovchi, o‘zlariga avvaldan tanish bo‘lgan ayoldan pul undirish uchun til biriktirishadi.
Ulardan biri ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lganida holat telefon yordamida videotasvirga olinadi. So‘ng ushbu videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun ayoldan 3 million so‘m talab qilishadi.
Ayol bu haqda viloyat IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Uning arizasiga ko‘ra o‘tkazilgan tezkor tadbirda yigitlardan biri Jizzax shahri Olmazor ko‘chasida ayoldan talab qilingan pulni olib, sheriklari bilan taqsimlayotganda IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yigitlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
15:48 / 07.03.2024
Qashqadaryoda uch bloger hibsga olindi. Ular tovlamachilikda gumonlanmoqda
14:37 / 03.02.2024
Toshkentda foizga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
09:05 / 21.01.2024