Navalniy Rossiyada terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi
Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiya Moliyaviy monitoring federal xizmati tomonidan «terrorizm va ekstremizmga aloqasi borligi aniqlangan» tashkilot va shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan.
«Terrorchilar ro‘yxati»ga Navalniyning maslakdoshlari Lyubov Sobol, Vyacheslav Gimadi, Georgiy Alburov, Liliya Chanisheva va Ruslan Shaveddinov ham kiritilgan. Qonunchilikka ko‘ra bu ro‘yxatga tushgan fuqarolarning bank hisoblari muzlatilishi mumkin.
2021 yil iyunida Moskva shahar sudi Aleksey Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondni ekstremistik tashkilot deb topgandi. Moliyaviy monitoring federal xizmati ushbu fondni o‘tgan yil aprelidayoq o‘z «qora ro‘yxati»ga kiritgan. 2021 yil sentyabrida Navalniy va uning sheriklariga nisbatan ekstremistik tashkilot ochish iddaosi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
Oldinroq Aleksey Navalniy qamoqxonada unga terrorchidek munosabatda bo‘lishayotgani va hatto yotog‘iga ekstremist ekanini anglatuvchi maxsus chiziq chizib qo‘yilganini aytgandi.
Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy mamlakat hukumatidagi ko‘plab amaldorlarning faoliyati haqida jurnalistik surishtiruv o‘tkazgan. Siyosatchi 2018 yil Rossiya prezidentligi uchun nomzodini qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo uni ro‘yxatga olishmadi. Navalniyning oxirgi surishtiruvi «Vladimir Putinning saroyi» haqida bo‘lgandi.
2021 yil 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytgan Navalniy o‘sha kuniyoq qo‘lga olingandi. 19 yanvarda esa Navalniyning Putin saroyi haqida surishtiruvi e’lon qilingan.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024