O‘zbekiston | 20:08 / 25.01.2022
8930
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IES faoliyati qisman tiklandi

Foto: Energetika vazirligi

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblokidan 5 tasi barqaror faoliyat yuritishni boshladi.

Energetika vazirligi xabarida qayd etilishicha, mamlakatning barcha hududlarida, xususan, poytaxt va uning atrofida elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklangan. Elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

«Misol uchun, elektr ta’minotida yirik nosozlik kuzatilgunga qadar Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblogi ishlab turgan edi. Ayni paytda esa sozlash-tiklash ishlari olib borilib, ularning 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid