Volkswagen avtozavodi faqat elektromobillar ishlab chiqarishga moslashtirildi
Zavodni moslashtirish uchun 1,2 mlrd yevro sarflandi. Bu yerda yiliga 300 ming dona elektromobil ishlab chiqariladi.
Tsvikkau shahridagi Volkswagen avtozavodi ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatdi va dunyoda birinchi bo‘lib faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tdi. Bu haqda Volkswagen matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu vaqtga qadar hech bir ishlab chiqaruvchi bunday qilmagan. Odatda elektromobillar yangi qurilgan zavodlarda ishlab chiqarilgan.
Zavodni moslashtirish uchun 1,2 mlrd. yevro sarflandi. Restrukturizatsiya ishlari 2018 yilda boshlangandi.
Zavod yiliga 300 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Tsvikkauda Audi Q4 e-tron va Q4 e-tron Sportback, Cupra Born hamda ID.3, ID.4 va ID.5 elektromobillari ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
22:16 / 28.10.2024
Volkswagen Germaniyadagi kamida uchta zavodini yopadi
08:30 / 26.09.2024
VW kasaba uyushmasi bilan ish haqi va qisqartirishlar bo‘yicha kelisha olmadi
13:49 / 05.09.2024
Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopishga hozirlanmoqda
14:53 / 03.09.2024