O‘zbekiston | 18:50 / 04.02.2022
6173
1 daqiqa o‘qiladi

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori etib tayinlandi

U xalq ta’limi vaziri maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori bilan, Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi yurituvidagi “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Agentlikka bunga qadar Kamolov Qahramon Yusufxonovich rahbarlik qilib kelayotgandi.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev tayinlovga qadar xalq ta’limi vazirining investitsiya va grantlar jalb etish bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgandi. U, shuningdek, 2020–2021 yillarda Toshkent xalqaro ta’lim universitetiga rektorlik ham qilgan.

Kun.uz avvalroq Ulug‘bek Qosimxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vazirining sobiq o‘rinbosari Abdulla Azizov bilan O‘zbekistonda yoshlar siyosati masalalariga bag‘ishlab intervyu tashkil qilgandi.

Mavzuga oid