O‘zbekiston | 09:29 / 05.02.2022
22641
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistondagi yer silkinishi kuchi O‘zbekistonda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 5 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:16 da Afg‘onistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 71,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,8. Chuqurlik 225 km. Episentr Toshkentdan 573 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4 ball, 355 km;
  • Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 455 km;
  • Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 506 km;
  • Andijon viloyatida 3-4 ball, 508 km;
  • Jizzax viloyatida 3-4 ball, 510 km;
  • Samarqand viloyatida 3-4 ball, 518 km;
  • Namangan viloyatida 3-4 ball, 523 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 545 km;
  • Toshkent shahrida 3 ball, 573 km;
  • Navoiy viloyatida 3 ball, 653 km;
  • Buxoro viloyatida 3 ball, 698 km;
  • Xorazm viloyatida 2-3 ball, 1074 km;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ball, 1198 km.

Mavzuga oid