«Nemis tanki ichiga tushib olib, dushman tanklarini qiyratdim» - 97 yoshli oltiariqlik jangchi
1925 yilda tug‘ilgan Qahhorjon ota Mag‘ripov Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashaydi. U ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Qahhorjon ota 18 yoshida ko‘pchilik tengdoshlari qatori frontga jo‘nagan.
97 yoshli Qahhorjon ota ikkinchi jahon urushi davrida boshidan o‘tgan xotiralarni gapirib berdi. U janglardan birida oyog‘idan yaralangan.
«1943 yil sentyabr oyida urushga otlandik. Moskvaga borganimizda bizni «sortirovka» qilishdi. Men Belorussiya frontiga tushdim. Iyun oylarida Tula shahrini, keyin esa Minsk, Brest shaharlarini ozod qildik.
Bir qancha shaharlar dushman qo‘lidan ozod etilgach, Vengriyaga o‘tdik. Vengriyada oyog‘imdan yaralandim. O‘sha yerda gospitalda yotib davolandim.
Janglardan birida nemis tankining ichiga tushib olib, nemis tanki bilan nemis tanklarini otaverdim. 20 dan ortiq dushman tanklarini vayron qildik. Mana shu jasorat uchun Qizil yulduz ordeni berishdi», — deydi Qahhorjon ota Mag‘ripov.
Qahhorjon ota urushga 1943 yilda ketib, 1950 yilda qaytib kelgan. U frontdan qaytgach, uylangan. Jo‘rak qishlog‘ida fizika fanidan o‘qituvchilik qilib, 5 o‘g‘il va bir qizni voyaga yetkazgan.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
Mavzuga oid
12:39 / 12.11.2024
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
13:10 / 10.11.2024
“Bahordan boshlab qishga tayyorlanamiz” – qish qarshisidagi farg‘onaliklar
10:06 / 10.10.2024
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:23 / 07.10.2024