Oqqo‘rg‘on tumani hokimi Toshkent viloyati hokimining maslahatchisi etib tayinlandi
Bugun, 7 fevral kuni xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Sessiyada kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ma’ruza qildi.
Viloyat rahbari o‘z ma’ruzasida Oqqo‘rg‘on tumanini 2022-2026 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi vazifalar, xususan, Taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqib alohida e’tibor berish lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtaldi.
Shu vaqtga qadar Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:41 / 02.11.2024