Yuqori Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi sherigi bilan birga 3 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan
Sudyalar oliy kengashi Toshkent viloyatida ishlab kelgan sudyalardan birini jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilganini ma’lum qildi. Bosh prokuraturaning aniqlashtirishicha, sudya Yuqori Chirchiq tumanlararo sudida ishlab kelgan.
Ma’lum qilinishicha, Sudyalar oliy kengashining 2022 yil 7 fevral kungi yig‘ilishida bosh prokurorning Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasi T.O.ni Jinoyat kodeksining 210-modda 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.
Yakunda kengash xulosasi bilan T.O.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.
“Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi” – deyiladi kengash axborotida.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, kengashda masalasi ko‘rilgan sudya Yuqori Chirchiq tumanlararo sudida ishlab kelgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur sudya yer bilan bog‘liq nizoni ijobiy hal qilish evaziga jinoiy sherigi bilan birga 3 ming AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Avvalroq, Sudyalar oliy kengashi 2022 yildan boshlab tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash orqali sudyalarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyalar haqida muntazam ochiq axborot berib borilishini ma’lum qilgandi.
Ushbu axborotga asosan kengash tomonidan 2021 yilda 220 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgani, shuningdek 2022 yil hisobidan intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyalar to‘g‘risida ma’lumot berib kelinmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024