O‘zbekistonda 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar reytingi e’lon qilindi
“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistonda 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlarning yillik reytingini e’lon qildi. Reytingda, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova eng yaxshi yosh rahbar deya e’tirof etilgan.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, IT-Park direktori Farhod Ibrohimovlarning faoliyatiga yuqori baho berilgan. Yangi tayinlangan xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning faoliyatiga esa ishonch bildirilgan.
Reytingga 16 nafar yosh rahbarlar bu yil birinchi marta kiritilgan.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki ro‘yxatda turli darajadagi yuzdan ziyod boshqaruvchilar o‘rin olgan, yakuniy reyting esa ikki bosqichda shakllantirilgan.
“Birinchi bosqichda fuqarolik jamiyati, tahlil markazlari va OAV vakillaridan iborat ekspertlar yosh rahbarlarning o‘z sohalarida strategik maqsad va natijalarga erishganlik bo‘yicha faoliyatini baholashdi. Bunda nomzodlarning ma’lumoti, rahbar sifatida jamoatchilik orasida tanilganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, islohotlar jarayonidagi ishtiroki va ta’sir darajasi hamda shaxsiy va kasbiy yutuqlari inobatga olindi.
Ikkinchi bosqichda turli soha ekspertlarining ovozi to‘plandi. Yakuniy bosqichga o‘tgan 60 dan ziyod nomzodlar orasidan eng ko‘p ovoz olgan 40 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi 40 nafar rahbar tanlab olindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, “Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda 2019 yildan buyon O‘zbekistonning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini e’lon qilib kelmoqda.
Mavzuga oid
15:18
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
16:00 / 21.10.2024
Yana to‘rtta vazirlikning 160 xodimi tadbirkorlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi
22:14 / 19.10.2024
“Pora olish kamayib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan” - Akmal Burhonov
16:47 / 26.09.2024