Navoiyda ota farzandlariga aliment o‘rniga uy berdi
Zarafshon shahrida ota farzandlariga aliment o‘rniga 3 xonali uy bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor Z.N.dan undiruvchi G.M.ga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadning ma’lum qismini undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati byuroning Zarafshon shahar bo‘limi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilgan.
Tushuntirish va targ‘ibot tadbiridan so‘ng ota farzandlari uchun ular voyaga yetgunga qadar hisoblangan qarz o‘rniga Zarafshon shahrida joylashgan ko‘p qavatli turar joydan 3-xonali uyni farzandlarining onasi nomiga rasmiylashtirib bergan.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
12:38 / 01.11.2024