O‘zbekiston guruch importini 14 ming tonnaga oshirdi
Guruch importi 14,4 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston 14 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 28 ming tonna guruch import qilgan.
Qayd etilishicha, guruch importi 2020 yil bilan solishtirilganda 14,4 ming tonnaga oshgan.
2021 yilda O‘zbekiston eng ko‘p guruch import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 27,6 ming tonna.
Keyingi o‘rinlardan 248,2 tonna guruch olib kelingan Pokiston va 60 tonna guruch import qilingan Xitoy joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- BAA – 25 tonna;
- Hindiston – 23 tonna;
- Rossiya – 19 tonna.
Avvalroq, bir qancha tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda import boji bekor qilingandi.
O‘zbekiston hududiga olib kirishda import bojining nol stavkasi qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxatida 1006-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqishoq yoki yanchilgan ko‘rinishda po‘sti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, (oqlangan) boshoqli donlar ham bor.
Mavzuga oid
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024