O‘zbekiston | 09:18 / 12.02.2022
1230
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan go‘sht to‘xtatib qolindi

Go‘sht mahsulotlari vaqtincha saqlash uchun muzxonaga joylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

“Sangzor-15” yo‘l-patrul xizmati maskanida Jizzax viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan Zomin yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Nexia mashinasi to‘xtatilgan. Tekshiruv chog‘ida mashina yukxonasida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan 165 kilogramm go‘sht mahsuloti borligi aniqlangan.

Haydovchi ushbu go‘sht mahsulotlariga oid hujjatlarni taqdim eta olmagani bois u holat rasmiylashtirilgan. Dastlabki surishtiruvda, go‘sht Dashtobod shahar markaziy dehqon bozorida sotish uchun olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Xuddi shunday, Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi fuqaro Matiz mashinasida 184 kilogramm go‘sht mahsulotini veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketayotganda to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, go‘sht mahsulotlari vaqtincha saqlash uchun muzxonaga joylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid