Jamiyat | 16:29 / 14.02.2022
1489
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda Toshkentga olib ketilayotgan 1,8 tonna alyuminiy to‘xtatib qolindi

Karmana tumanidagi YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Isuzu yukxonasidan qariyb 7 mln so‘mlik alyuminiy topildi.  

Foto: Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Karmana tumanidagi YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida rangli metallarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.M. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Jarayonda mashinada hech qanday hujjatlarsiz 6 mln 918 ming so‘mlik 1 825 kg alyuminiy metall parchalari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiy xalqaro aeroportida Turkiyadan keltirilayotgan, qariyb 100 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar to‘xtatib qolingandi.

Mavzuga oid