«Asaka bank»ning sobiq xodimlari qidiruvga berildi. Guruh kredit uchun ajratilgan mablag‘dan 503 ming dollar o‘zlashtirgan
«Asakabank» AJ Buxoro viloyati filialining sobiq boshqaruvchisi hamda bosh ofis Ichki audit xizmati boshlig‘i qidiruvga berildi. Ular bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, davlat va bank manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazgan.
«Asakabank» AJ Buxoro viloyati filialining sobiq boshqaruvchisi Murodov, kreditlash bo‘limi boshlig‘i Yadgarov, «Asakabank» AJning bosh ofisi Ichki audit xizmati boshlig‘i Idiyev Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditni qo‘lga kiritishni maqsad qilishgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ular ushbu maqsadini amalga oshirish uchun «Grand Buxara Agro» MChJ rahbari Baxronov, «Kafil sug’urta» MChJning Buxoro filiali mudiri Abdurahmonov bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.
Jinoiy guruh xorijiy valutani asl narxidan ikki baravar qimmatga kelishilgan issiqxona majmuasini sotib olishga yo‘naltirgan. Oqibatda davlat va bank manfaatlariga 503 ming AQSh dollari miqdorida zarar yetkazilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda Murodov va Idiyevga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Jinoiy guruhning qolgan a’zolari esa sud oldida javob bermoqda.
Oldinroq prokuratura 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilingan Xalq banki Andijon viloyati filialining 13 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi. Ularning 11 nafari hibsga olingan, 2 nafariga esa garov ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024
Buxoroda bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi
22:36 / 26.09.2024