Pul faqat Qozog‘iston va Rossiya uchun sarflanyapti - Qirg‘iziston Yevrosiyo taraqqiyot banki faoliyatidan norozi
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bank Armaniston, Qirg‘iziston va Belarus kabi davlatlarning iqtisodiyotini tenglashtirish uchun ishlashi kerak.
Qirg‘iziston bosh vaziri Akilbek Japarov Yevrosiyo taraqqiyot bankining barcha mablag‘lari faqat Qozog‘iston va Rossiyadagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ketyapti deb hisoblamoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston yozmoqda.
Shu sababli Qirg‘iziston YeOII davlatlari rahbarlarining may oyida o‘tkaziladigan yig‘ilishida bu masalani ko‘tarishni rejalashtirgan.
"Mazkur inqirozga qarshi institut Rossiya va Qozog‘iston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun emas, balki Armaniston, Qirg‘iziston va Belarus kabi davlatlarning iqtisodiyotini tenglashtirish uchun ishlashi kerak va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan bir necha bor ta’kidlangan. Biz bu masalani kun tartibiga olib chiqamiz. Hamkasblarim meni qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddaman. Hozir esa 99 foiz mablag‘ Qozog‘iston va Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga ketyapti", - deb ta’kidladi Japarov.
U shuningdek, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan hukumat rahbarlari yig‘ilishida YeOII ichidagi to‘siqlarni bartaraf etish masalasini ham ko‘tarish rejalashtirilganini aytdi.
Yevrosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevrosiyo makonida investitsion faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi. Unga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a’zo. YeOTBning ustav kapitali 7 mlrd dollarni tashkil etadi.
YeOTB asosan transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energetika, sanoat va mashinasozlik sohalaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
14:38 / 07.11.2024
«Turkiy davlatlar tashkiloti YeOIIga raqobatchi bo‘ladi» – qirg‘iz siyosatshunosi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024