Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Namangan viloyati prokurori Samarqand viloyatiga ishga o‘tdi.
Samarqand viloyati hokimligi viloyat prokurori o‘zgargani haqida xabar berdi. Bosh prokuror buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Hotamov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan.
Jahongir Hotamov 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
U 2018 yil fevralidan 2020 yil oktyabriga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
2020 yildan hozirga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.
U endi Samarqand prokurorligi lavozimida 2020 yil noyabridan buyon ishlab kelgan Ravshan Masharipov o‘rnini egalladi.
Muqaddam Sirdaryo viloyatida ham prokuror bo‘lgan Masharipovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot berilmagan.
Bundan oldinroq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. Samarqand viloyat IIBning avvalgi boshlig‘i Shavkat Rahmonov Namangan viloyatida shu lavozimda ish boshlagan.
Mavzuga oid
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024