Andijon viloyatida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
So‘nggi haftada viloyatning ikki hududida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlar qayd etildi.
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 1, Asaka tumanida esa 3 kishi is gazi qurboniga aylangan. Asaka tumanidagi holatda jasadlar fermer xo‘jaligi binosidan topilgan.
Viloyat FVB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 14 fevral kuni taxminan soat 10:30da Asaka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchilik qismiga is gazi bilan zaharlanish holati bo‘yicha xabar kelib tushadi.
Tezkor guruh tumandagi “Chek” MFYda joylashgan “Asaka zotli chorva” fermer xo‘jaligi binosida 3 kishining jasadini topadi.
Shuningdek, 12 fevral kuni Andijon tumani “Islomobod” MFYda yashovchi fuqaro M.Q va turmush o‘rtog‘i I.Q. Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida joylashgan, o‘ziga tegishli olma bog‘idagi hovlisida uyni isitish maqsadida tog‘oraga cho‘g‘ olib kirishgan va noma’lum etiologiyali sabablarga ko‘ra I.Q. vafot etgan, turmush o‘rtog‘i M.Q. RShTTYoIMning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 14 fevral kuni Asaka tumanidagi fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan dala shiyponida 3 nafar yollanma ishchining vafot etishiga qo‘lbola usulda yasalgan sandalda yoqilgan ko‘mir is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Marhumlarning vafot etganligi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
19:16 / 31.10.2024
Bekobodda ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi
08:24 / 28.10.2024