Jizzaxda pedagogika instituti xodimi 100 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Institutning ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i dekanni ishda olib qolish uchun katta pul so‘radi.
Jizzax davlat pedagogika institutining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i tezkor tadbirda qo‘lga olindi. U 2021 yil oktabr oyida fakultetlardan birining faoliyatini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar fakultet dekaniga salbiy ta’sir qilmasligi va u lavozimda qolishini ta’minlash evaziga 100 ming dollar talab qilgan.
DXX hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bo‘lim boshlig‘i so‘ralgan pulni vositachi orqali olgan vaqtida ushlashgan.
Avvalroq, Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bo‘lsa-da, fuqaroning ishonchiga kirib, 80 000 AQSh dollari so‘rab, undan 50 000 dollarni olayotganda ushlangandi.
Shuningdek, Muborak tumani IIB boshlig‘i Xo‘janazar Bahriyev Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosariga sheriklikda gumonlanib qo‘lga olingandi.
Bundan tashqari, Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan sug‘oriladigan 35 gektar yer maydonini sotish va hujjatlarni tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga kelishilgan 90 ming dollaridan 40 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Mavzuga oid
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024