Navoiyda yo‘l qurilishi ishchisi ish jarayonida vafot etdi. Uni shag‘al to‘kayotgan yuk mashinasi bosib ketgan
Hodisa 13 fevral kuni Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni yakshanba, dam olish kuni bo‘lishiga qaramay negadir “Navoiy yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi xodimlari ishga jalb qilingan.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 13 fevral kuni soat 10:00larda tumanning Bog‘ishamol mahallasi hududida, 4R48-avtomobil yo‘lining 132-kilometrida sodir bo‘lgan.
Navbahor tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan I.Q. “HOWO” yuk mashinasida yo‘lning ta’mirlanayotgan qismiga shag‘al to‘kayotib, mashinani orqaga harakatlantirish vaqtida yo‘lning qatnov qismida ishlayotgan “Navoiy yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi ishchisi O.O‘.ni urib yuborgan. YTH oqibatida asli karmanalik bo‘lgan 50 yoshli O.O‘. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat mehnat faoliyati bilan bog‘liq deb topilgandi.
Mavzuga oid
18:45 / 15.07.2024
Navoiyda ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi
14:48 / 08.07.2024
Xatirchida yosh qiz o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilardan biri 1 yilda 12 marta radarga tushgani ma’lum bo‘ldi
21:02 / 06.07.2024
Xatirchida qoidabuzarligi ortidan 9 yashar bolaning umriga zomin bo‘lgan BYD'larning haydovchilari qamoqqa olindi
09:34 / 06.07.2024