Toshkent va Xorazmda «prava»ni imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahri va Xorazm viloyatida qisqa muddatlarda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.
Ular fuqarolar ishonchiga kirib, qisqa muddatda o‘qishga bormasdan, imtihonsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishga ishontirib, pul talab qilishgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida fuqaro R.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro N.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qisqa muddatda o‘qishga bormasdan haydovchilik guvohnomasini 900 AQSh dollari evaziga imtihonsiz olib berishga ishontirib, shundan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Xorazm viloyatida fuqaro J.A. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali viloyat YHXBda haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
13:30 / 20.08.2024