Surxondaryoda pora evaziga fuqaroning diplomini nostrifikatsiya qilib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U fuqarolardan birining Tojikistondan olgan diplomini nostrifikatsiya qilib berish evaziga 1 100 dollar va 6,5 million so‘m olgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Uzun tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Tojikistondagi Pedagogika universitetini tugatganligi haqidagi diplomini go‘yoki “S.” ismli tanishi orqali nostrifikatsiya qilib berishni va’da qilib, evaziga 1 100 dollar va 6,5 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024