To‘rt nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘z arizalariga ko‘ra, turli viloyatlarda faoliyat olib borayotgan to‘rt nafar sudya lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Jumladan:
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining raisi O‘ktam Xoliqov;
Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Hilola Begaliyeva;
Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudining raisi Isoqboy Ergashev;
Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi Ma’ruf Saidov lavozimidan ozod etilgan.
Avvalroq, o‘n nafar sudya mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun jazolangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:50 / 09.09.2023
“Bizning xalq befarq emas” – sudlar va sudyalar faoliyati haqida ochiq suhbat
07:53 / 31.08.2023
Sudyalikka talabgorlar sinovlarda nega 0 ball olganiga izoh berildi
12:14 / 04.08.2023
Sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga ta’sir o‘tkazishga urinish holatlari kuzatilgani ma’lum qilindi
19:08 / 03.08.2023