Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi
Nexia haydovchisi Volvo yuk mashinasini quvib o‘tayotganida uning old chap tomoniga tegib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 15 fevral kuni soat 00:10 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani Xalqobod mahallasi hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan.
Sharof Rashidov tumani Xayrobod mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi Samarqand yo‘nalishida Nexia mashinasini boshqarib borayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Volvo yuk mashinasini quvib o‘tishga uringan. Shunda Nexia Volvo’ning old chap tomoniga tegib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.
Oqibatda Nexia yo‘lovchilari, Xayrobod mahallasida yashovchi bir nafar erkak va ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi, shuningdek, uch nafar voyaga yetmagan bola turli tan jarohatlari olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
01:05 / 16.08.2024
Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi
19:52 / 04.08.2024