Afg‘oniston O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Kobul shahrida Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Afg‘oniston delegatsiyasining 2021 yil oktabr oyida Termiz shahrida bo‘lib turganida chegaralar xavfsizligi, investitsiyalar, savdo, energetika, xalqaro yuk tashish va tranzit, ta’lim va gumanitar sohalardagi hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, savdo va transport to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalarga e’tibor qaratildi. O‘z hududida logistika markazi, ishlab chiqarish va saqlash obektlari, mahsulotlarni sotish punktlari va zarur infratuzilmani birlashtirgan "Termiz" xalqaro savdo markazi imkoniyatlaridan foydalanish taklif qilindi.
Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlari transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Xususan, Afg‘oniston hududi orqali o‘tib ketayotgan transport vositalari va yuklar harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqish, muqobil transport yo‘nalishlarini joriy etish hisobiga mamlakat tranzit imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib olindi.
Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlar yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llari muhokama qilinib, ustuvor sohalarda mavjud masalalarni hal qilish bo‘yicha birinchi darajali vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlashga qaratilgan faol hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024