Jahon | 00:48 / 25.02.2022
64258
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden: «Putin – agressor, u SSSRni tiklamoqchi»

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi fonida amerikaliklarga murojaat qildi. Bayden Rossiyaga qarshi kiritilgan yangi sanksiyalarni ham e’lon qildi.

«Putinning nutqini tomosha qildim, uning maqsadi SSSRni tiklash. Putin – agressor. Biz jasur ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Rossiya biznesiga dollar, yevro, funt va iyenada pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni cheklab qo‘yamiz. AQSh Rossiyaning VTB bankiga nisbatan sanksiya qo‘llaydi. Yangi sanksiyalar Rossiya yuqori texnologiyali mahsulotlari eksportini cheklaydi. Bu sanksiya koinot sohasini ham o‘z ichiga oladi. Sanksiyalar Rossiya yuqori texnologiyalar importining yarmidan ko‘piga taalluqli bo‘ladi.

NATO Rossiyaning harakatlariga qarshi choralarni ko‘radi. AQSh Yevropaga qo‘shin yuboradi, jumladan, Germaniyaga. Men Putin bilan gaplashmoqchi emasman. Rossiyani SWIFT'dan uzish hozircha reja qilinmayapti, lekin bu variant saqlab qolinadi. Shaxsan Putinga qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyorman. Putin urush ochish orqali Rossiyani kuchsiz, dunyoni esa kuchli qiladi», dedi Bayden.

AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning ikki yirik banki «Gazprombank» hamda «Sberbank»ga qarshi sanksiya qo‘llanishini ma’lum qildi. AQSh Moliya vazirligi mamlakatdagi barcha moliya tashkilotlariga 30 kun ichida «Sberbank»dagi vakillik hisoblarini yopishni buyurdi. Sanksiyalar sabab «Sberbank»dagi dollar o‘tkazmalari ular Amerika banklariga tushgan zahoti bekor qilinadi.

Mavzuga oid