Anonymous hakerlari Rossiya Mudofaa vazirligi saytiga hujum uyushtirdi
Anonymous hakerlar tarmog‘i Rossiya Mudofaa vazirligi veb-saytini buzib, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va xodimlarning ismlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini internetga sizdirishdi.
Bu haqda hakerlar tarmog‘i o‘zlarining Twitter sahifasida xabar bergan.
Rus qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan bir necha soat o‘tib, Rossiya Prezidenti va Davlat Dumasining veb-saytlari ishlamay qolgan.
Kreml saytidagi uzilishlar hamon davom etmoqda.
Avvalroq, Anonymous hakerlar tarmog‘i Rossiya hokimiyatiga qarshi kiber urush e’lon qilgandi va ularning ilk nishonlari Russia Today va RF mudofaa vazirligi saytlari bo‘lishi aytilgandi.
Anonymous vakillari RT telekanali saytiga uyushtirilgan hujum bo‘yicha mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
15:34 / 10.09.2024
Polsha Rossiya va Belarus hakerlarining qo‘shma diversiyasini to‘xtatib qoldi
23:19 / 01.09.2024
Germaniya Parvozlar xavfsizligi agentligi hakerlar hujumiga uchradi
10:10 / 24.08.2024
Meta: Eronlik hakerlar Bayden va Trampga yaqin shaxslar akkauntiga hujum qilishga uringan
20:04 / 05.08.2024