O‘zbekiston | 07:39 / 26.02.2022
5192
1 daqiqa o‘qiladi

Suv ta’minoti bo‘limi 4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Jizzax viloyatidagi iste’molchilarning elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Kun.uz

Xususan, “Jizzax suv ta’minoti” MChJga qarashli “Qo‘ytosh” tumanlararo suv ta’minoti bo‘limining oylik hisobotlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi yashirib kelingani aniqlangan

Mazkur holat yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 9 079 988 kVt soat yoki 4 milliard 79 million so‘m miqdorida elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 45 mingdan ortiq xonadonning o‘rtacha 1 oylik iste’molini tashkil qiladi.

Ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” xabarida.

Mavzuga oid