O‘zbekiston | 12:49 / 02.03.2022
3750
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda fuqaroni o‘qishga kiritishini aytib pul olgan talaba ushlandi

U fuqaroni avval Qozog‘istondagi OTMga o‘qishga kiritib, so‘ng o‘qishni Toshkent iqtisodiyot universitetiga ko‘chirib berishini aytgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Oqoltin tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti U.M. fuqaro O‘.O.ning ishonchiga kirib, uni Chimkent davlat universitetiga o‘qishga kiritib, so‘ng o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilib, evaziga 900 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namangan va Surxondaryo viloyatlarida xorijdagi OTMlaridan o‘qishni O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirib berishini aytib fuqarolardan pul olgan shaxslar ushlangandi.

Mavzuga oid