Polsha prezidenti O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan hududga kelib, ular bilan suhbatlashdi
2022 yil 4 mart kuni chet el, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan Ukraina-Polsha chegarasidagi "Karchova" nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi to‘planish nuqtasiga Polsha prezidenti Anjyey Duda tashrif buyurdi.
Tashrifi davomida mamlakat rahbari birinchi navbatda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari yoniga kelib, ularning qo‘lini siqib, shunday dedi:
“Siz yurtingiz fuqarolari uchun muhim va ezgu ishni qilyapsiz. Sizning harakatlaringizni ko‘rib boshqa davlatlar diplomatlari va ko‘ngillilar faoliyatingizdan ilhom olishi shubhasiz. Menga O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni birinchi bo‘lib boshlagani haqida aytib berishdi va bu sa’y-harakatlaringizni O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolariga nisbatan muhim e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi deb bilaman.
Avvalroq biz ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgandik va sizga qo‘shni bo‘lgan davlatni tark etgan fuqarolarimiz hamda Yevropa mamlakatlarining fuqarolaridan xavotirda edik. Biz ularni evakuatsiya qilishdek bu og‘ir operatsiyani faqat O‘zbekistonning faol ko‘magi bilan amalga oshira oldik. Bu bizning yodimizda”.
Anjyey Duda O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashi va zarur yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi.
Bundan avval Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 2,5 ming kishidan oshgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:58
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024